Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​“Stomatologik kasalliklarini davolashda innovatsion yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

  4-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Stomatologik kasalliklarini davolashda innovatsion yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Ilmiy anjumanda universitetga tashrif buyurgan rossiyalik yetakchi stomatolog-olimlar, amaliyotchilar, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

  Xalqaro konferensiyani SamDTU stomatologiya fakulteti dekani A.A.Axmedov ochar ekan, muhokama qilinadigan masalalarni mintaqada stomatologiyani fan va amaliyot sifatida yanada takomillashtirishda dolzarbligini taʼkidladi. Forumda tibbiyot fanlari doktori, professor Olga Bekjanova, TDSI “Terapevtik stomatologiya” fakulteti (Toshkent, Oʻzbekiston) “Mukozit va periimplantit. Tish implantatsiyasining bevosita va uzoq muddatli asoratlari rivojlanishining individual prognozi”; Aleksandr Mitronin, tibbiyot fanlari doktori, professor, stomatologiya fakulteti dekani, A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetining kariesologiya va endodontiya kafedrasi mudiri (Moskva, Rossiya) “Progressiv endodontiya, anʼanaviy muammolarni zamonaviy yechimlari”; Malkan Amxadova, tibbiyot fanlari doktori, professor, jarrohlik stomatologiyasi va implantologiya kafedrasi mudiri, VMOF MONIKI (Moskva, Rossiya) “Ambulator stomatolog qabulida onkologik ogohlantirish va onkoskrining” va Olga Gileva, tibbiyot fanlari doktori, E.A.Vagner nomidagi PSMU Terapevtik stomatologiya va stomatologik kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri (Perm, Rossiya) “Konservativ va profilaktik stomatologiyaning asosiy tendensiyalari” mavzularida maʼruzalar qildilar.

  Maʼruzalardan soʻng Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari va xodimlarining faol ishtirokida muhokamalar boʻlib oʻtdi.

  Anjuman soʻngida barcha maʼruzachilarga esdalik sovgʻalari topshirildi va ishtirokchilar bilan birgalikda surat olindi.

  Shuningdek, mehmonlar SamDTUning yangi oʻquv binosida boʻlib, oʻquv va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda universitet tarixi muzeyi bilan tanishib chiqdilar.





SamDTU matbuot xizmati