Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Ayol, ona va bola salomatligini himoyalash” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

  2022 yil 27-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ayol, ona va bola salomatligini himoyalash” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi. Xalqaro konferensiya Universitet 2-son akusherlik-ginekologiya kafedrasini 50-yilligi hamda taniqli shifokor va sogʻliqni saqlashni tashkilotchisi, Samarqand akusherlik va ginekologiya maktabini asoschisi akademik I.Z.Zokirovni sodiq shogirdi — t.f.d., professor Muhsin Xamidovich Xamidovni xotirasiga bagʻishlandi.

  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Qirgʻiz Respublikasi hamda Oʻzbekistonni tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tekshirish markazlarini rahbarlari va yetakchi olimlari ishtirok etmoqdalar.

  Xalqaro anjumanni ochilishida ishtirokchilarga iliq soʻzlar bilan murojaat qilgan — Elmira Basitxanova — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini oʻrinbosari, Jasur Rizayev — Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, t.f.d., professor, Janna Paxomova – Oʻzbekiston Akusher-ginekologlar uyushmasini Prezidenti, t.f.d., professor (Toshkent, Oʻzbekiston), Arsen Askerov — Qirgʻiz Respublikasi Akusher-ginekologlar uyushmasini Prezidenti, t.f.d., professor (Bishkek, Qirgʻiz Respublikasi), Xaydarsho Kurbonov — Tojikiston Respublikasi gastroenterologiya instituti direktori, t.f.d., professor (Dushanbe, Tojikiston) Samarqand davlat tibbiyot universitetida shakllangan akusherlik-ginekologiya maktabi va unga hissa qoʻshgan taniqli olimlar, ayolarlar, onalar va bolalar salomatligini asrashda akusherlik va ginekologiyani ahamiyati, uning hozirgi kundagi rivojlanishini ustuvorlari hamda xalqaro aloqalar ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirdilar. Ishtirokchilar hozirgi vaqtda onalar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarni yangi darajaga koʻtarish muhim ahamiyat kasb etishi va bugungi anjuman ham ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, oʻziga xos munozara maydoni sifatida ayollar, ona va bolalar oʻrtasida kasalliklar va oʻlimini oldini olish kabi muhim vazifalarga bagʻishlangan mavzular boʻyicha fikr almashish imkonini yaratishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

  Yalpi majlisdan soʻng xalqaro anjumanni ishi shoʻba yigʻilishlarida davom etildi. Shoʼbalarda akusherlik va perinatologiyada innovatsion diagnostik va davolash tadbirlari, bolalar va oʻsmirlar ginekologiyasi, operativ va estetik ginekologiya, 40 yoshdan yuqori boʻlgan ayollar salomatligi hamda reproduktiv yoshda boʻlgan ayollarda somatik kasalliklarni dolzarb muammolari hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini natijalari bagʻishlangan 100 ziyod chiqishlar tinglandi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida boʻlib oʻtayotgan “Ayol, ona va bola salomatligini himoyalash” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi mintaqamizda akusherlik va ginekologiya sohasini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlarni oʻqitish sifatini yanada oshirish, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda respublikamiz oliygohlarini xalqaro faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.




SamDTU Matbuot markazi