Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Oʻzbekiston neyroxirurglarining III- Anjumani SamDTUda

  27-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Osiyo neyroxirurglari kongressi tashabbusi bilan Oʻzbekiston neyroxirurglarni III-Anjumani oʻz ishini boshladi. Anjumanda 15 ortiq davlatlar, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Ukraina, Yaponiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Italiya, Fransiya, Germaniya, Turkmaniston, Malayziya kabi davlatlari oliy oʻquv tibbiyot yurtlari hamda yetakchi ilmiy-tibbiyot markazlarini neyroxirurgiya sohasidagi olim va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

  Mazkur anjumanni aynan Samarqandda oʻtkazilishiga Samarqand davlat tibbiyot universitetini neyrojarrohlik sohasida orttirilgan boy tajribasi hamda taniqli olim, Universitet huzuridagi neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya Markazini direktori, t.f.d., professor Abduraxmon Mamatkulovich Mamadalievni tabarruk 80-yoshligini nishonlanishi asos boʻldi.

  Anjumanni tantanali ochilishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori prof. Jasur Rizayev, Oʻzbekiston neyroxirurgiya ilmiy-tekshirish instituti direktori Gayrat Kariev va boshqalar, barcha ishtirokchilarni qutlab SamDTU professor Abdurahmon Mamadalievni ilmu-fanga qoʻshgan hissasi, neyroxirurgiya sohasida Samarqandda yaratilgan ilmiy-amaliy maktab faoliyati, neyroxirurgiyani zamonaviy yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida gapirib oʻtdilar. Chiqishlarda Samarqand tibbiyot universiteti tarkibida “Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashgan ilmiy amaliy markazi”ni tashkil qilinishi neyroreabilitatsiya yunalishi buyicha boskichli jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi standartlarni ishlab chiqish, shu yoʻnalish boʻyicha klinik ordinatura, magistratura va doktoranturada malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga poydevor boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

  Yalpi majlisdan soʻng Anjumanni asosiy ishi shoʻbalarda davom etildi. Ularda spinal neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, qon-tomir, periferik asab tizimi neyroxirurgiyasi, neyroonkologiya, funksional neyroxirirurgiya oid dolzarb mavzularida maʼruzalar tinglanib bahsu-munozaralar oʻtkazildi. Anjuman doirasida yosh olimlar musobaqasi ham boʻlib oʻtdi, yosh isteʼdodli tadqiqotchilar aniqlanib tegishli sertifikatlar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida oʻtkazilgan mazkur xalqaro anjuman respublika va mintaqamizda neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya sohasini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlarni oʻqitish sifatini yanada oshirish, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



SamDTU matbuot xizmati