Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Chuvash davlat universiteti (Rossiya) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tashrif buyurgan Rossiyani I.N.Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti xalqaro faoliyat boʻlimi boshligʻi Yevgeniy Nikolaev boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Muzokaralarda SamDTU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Zafar Aminov, xalqaro taʼlim fakulteti hamda oʻquv boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar.

  Mehmonlar iliq qabul uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar. Muzokaralarda Chuvash davlat universiteti bilan “qoʻshma dastur” boʻyicha hamkorlik qilishni rivojlantirish, akademik mobillik va ilmiy sohada oʻzaro loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ikki tomonlama manfaatli hamkorlik rejalari kelishib olindi.



SamDTU matbuot xizmati