Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Xalqaro taʼlim fakulteti dekanini talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  2022-yil 12-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Xalqaro taʼlim” fakulteti dekanini qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda “Xalqaro taʼlim” fakulteti dekanati xodimlari va tyutorlar ham ishtirok etdilar.

  Fakultet dekani dots. S.E.Mamaradjabov fakultetda oʻquv jarayonini sifat jihatidan yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, universitetda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, xususan, sport bilan shugʻullanish, chet tillarni oʻrganish va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirdi. Yigʻilishda intizomni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilib, kamchiliklari va qoniqarsiz baholari uchun ayrim talabalarga tanbeh berildi. Fakultet talabalari allaqachon xalqaro taʼlim makoni toʻliq ishtirokchilari sifatida, intizomi, bilimga intilishi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turishlari zarur, deb taʼkidladi fakultet dekani.

  Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtdi, fakultet talabalarining barcha savol va takliflari ham tinglandi.



SamDTU matbuot xizmati