Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Zakovat” kubogini final bosqichi boʻlib oʻtdi

  12-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Zakovat” turnirini yakuniy final bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda avval saralangan jamoalar, shuningdek, universitet rahbariyati jamoasi ishtirok etdi. Ishtirokchi jamoalarni universitet xodimlari, oʻqituvchilari va talabalari qoʻllab-quvvatladilar.

  Ochilish soʻzi bilan chiqish qilgan rektor Jasur Rizayev barcha ishtirokchilarni avval erishilgan natijalar va musobaqaning final turniridagi ishtiroki bilan tabriklab, barchaga muvaffaqiyatli musobaqalar tiladi.

  Ishtirokchi jamoalar oʻrtasidagi keskin kurashda toʻrtta jamoa 2-bosqichga yoʻl oldi, soʻngra oʻzaro kuch sinashdi. Turnir yakuniga koʻra pediatriya fakulteti jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritdi, ikkinchi oʻrin stomatologiya fakulteti jamoasiga va uchinchi oʻrin tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekan oʻrinbosari jamoasiga nasib etdi. Gʻolib jamoalar olgan oʻrinlariga qarab 5, 3 va 2 million soʻmlik pul vaucherlari bilan mukofotlandilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining yakuniy turniri davomida hukm surgan bayramona muhit, barcha ishtirokchilarga shodlik va koʻtarinki kayfiyatni bagʻishladi.



SamDTU matbuot markazi