Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Viloyat tumanlarida aholini sogʻlomlashtirish va tibbiy madaniyatni oshirish targʻibot ishlari va chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtqazildi

  2022 yil 3-20-aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori professor Jasur Rizayev boshchiligida 1000 ga yaqin professor-oʻqituvchilar, magistrlar va klinik ordinatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi sogʻliqni saqlash vakillari bilan “Ochik muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-33 Farmoni, Samarqand viloyat hokimining 2022 yil 28 martdagi 65-70/22-sonli buyrugʻi, Samarqand viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2022 yil 29 martdagi 168-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat tuman va shaharlarida keng koʻlamli ishlarni olib bordilar.

  Jumladan, universitet vakillari Samarqand viloyati Pasdarg'om, Urgut, Tayloq, Jomboy, Bulungʻur, Payariq, Oqdaryo, Ishtixon, Qoʻshrabot, Nurobod, Paxtachi, Narpay tumanlari 30000 ga yaqin xonadonlarida “Aholini sogʻlomlashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish, 3-4 guruh bemorlar, homiladorlar, yosh bolalar ahvolidan xabar olish” targʻibot-tashqiqot ishlarini hamda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklarni oʻtqazdilar.




SamDTU matbuot xizmati