Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan saqlash va maʼnaviyatini yuksaltirish boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtdi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat asosida yoshlarni aqidaparastlik oqimlaridan saqlash” hamda “Milliy libos – maʼnaviyat koʻzgusi” mavzularga bagʻishlangan maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Tadbirlarni universitet yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻyicha prorektor E.S.Tangirov kirish soʻzi bilan ochib berib uchrashuvni maqsadi, uning kun tartibidagi dolzarbligini taʼkidladi.
Samarqand viloyati Diniy ishlar qoʻmitasi rahbari Sohibnazar Boymurodov va viloyat targʻibot guruhi rahbari Sanoat
Ochiq va doʻstona muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvlarda barcha belgilangan masalalar muhokama qilindi, mazmunli chiqishlar uchun tashrif buyurgan mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirildi.










SamDTU matbuot xizmati