Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qoʻshrabot tumani maktab oʻquvchilari SamDTUga tashrifi amalga oshirildi

  12-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan viloyatni Qoʻshrabot tumani 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari universitetga tashrif buyurishdi.

  Tashrif avvalida universitet rektori, professor J.A.Rizayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Universitet rektori kelgan mehmonlarga “Maktab oʻquvchilari uchun universitet eshiklari har doim ochiq, universitetimiz qoʻldan kelguncha Qoʻshrabot tumani maktablariga oʻz yordamlarini ayamaydi. Oʻz ustilaringda ishlash zarur va albatta shunday buyuk dargohda oʻqishga kirishlaringga tilakdoshman” deb taʼkidladi.

  Oʻquvchilar tibbiyot universitetida olib borilayotgan dars mashgʻulotlari, laboratoriya ishlari, maʼruza jarayonlari va muzeyda universitet tarixi bilan tanishishdilar.

  Tibbiy kimyo kafedrasi maʼruzalar zalida “Yosh kitobxon” koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakulteti dekani prof. N.M.Shavazi, universitet maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.A.Muradova, tibbiy kimyo kafedrasi oʻqituvchilari qatnashdilar. Tadbir yakunida gʻolib oʻquvchilarga sovgʻa sifatida kitoblar taqdim etildi. Maktab va universitet oʻrtasida olib borilayotgan ishlarda faol boʻlgan maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va kimyo fani oʻqituvchisiga universitet rektori tomonidan “Faxriy yorliq”lar berildi hamda maktabning maʼnaviyat burchagi uchun koʻrgazmali qurollar topshirildi. Universitetga tashrif maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilarida katta taassurot qoldirdi.

  Shundan soʻng, universitet tashabbusi bilan mehmonlarga Samarqand shahrining tarixiy obidalariga sayohat uyushtirildi.

  Maktab maʼmuriyati bunday tadbirni tashkil etganlik uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.






SamDTU matbuot xizmati