Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalar turar joyida Prezident tashabbuslari boʻyicha yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

  12-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy pedagogika fakulteti tomonidan 3-son talabalar turar joyida Prezidentning 5 tashabbusi doirasida madaniy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori prof. J.A. Rizayev ishtirok etdilar.

  Tadbirda fakultet talabalari uchun “Zakovat” intellektual oʻyini, “Quvnoqlar va zukkolar” chiqishlari hamda sportning tennis va shaxmat-shashka turlari boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi, iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

  Tanlov gʻoliblariga diplomlar va faxriy yorliqlarni universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori E.Tangirov tantanali tarzda topshirdi.

  Tadbir soʻnggida SamDTU onkologiya kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida yashovchi yoshlar uchun osh tortilib, iftorlik tashkil etildi.


SamDTU matbuot xizmati