Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Oilaviy shifokorlar “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari amaliyotida immunizatsiya” oʻquv kurslarini oʻtmoqdalar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koʻmagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari oilaviy shifokorlari uchun “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari amaliyotida immunizatsiya” mavzu boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan. Ayni paytda Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti “Umumiy amaliyot/oilaviy tibbiyot” kafedrasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatidan 975 dan ortiq, Qashqadaryo viloyatlarining 625 ta, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining 60 nafar shifokorlari tayyorlandi.

  Oʻquv mashgʻulotlarda oilaviy shifokorlar Covid-19 pandemiyasi davrida immunizatsiya yoʻnalishida taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar, muammolarni oʻz vaqtida baholash, tashxis qoʻyish, murakkab salbiy holatlar bilan shugʻullanish, emlashga qarshi tibbiy kontrendikatsiyaga ega boʻlgan bolalarni sogʻlomlashtirish va ularning keyingi emlashlari uchun masʼuldirlar. Belgilangan vazifalarga muvofiq oilaviy shifokorlar OʻzR SanPiN № 0239-07 (qoʻshimcha 3) va xavfsiz immunizatsiya standartlari boʻyicha malakaga ega boʻlib, vaksinoprofilaktikaning tashkiliy va huquqiy masalalarini, uni oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy hujjatlarni, aholi immunitetini, epidemiologik nazoratni taʼminlashga, kasallik boʻyicha statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va hisobotlarni tuzishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish koʻnikmalarini oʻrgandilar shuningdek, vaksinalarning ahamiyati va xavfsizligi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida HPV va Covid-19ga qarshi yangi vaksina boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

  Reja boʻyicha ayni paytda Xorazm viloyati oilaviy shifokorlarni tayyorlash ishlari boshlanmoqda.




SamDTU matbuot xizmati