Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talaba-yoshlar bilan “Zukko kitobxon” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  4-aprel kuni kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakulteti va axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda Prezidentimizning 5 tashabbus doirasida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida talaba-yoshlar bilan “Zukko kitobxon” uchrashuvi oʻtkazildi.

  Uchrashuvda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor E.S.Tangirov, fakultet dekani N.M.Shavazi yigʻilganlarga kitobxonlik toʻgʻrisida, ARM direktori D.Z.Mansurovalar axborot-resurs markazi haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar. Mehmonlardan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Samarqand viloyati boʻlimidan shoira Zuhra Eshonqulova va Shoir Naim Nur oʻz ijodiy ishlaridan yigʻilganlarni bahramand qildilar. Tadbirda universitetining professor-oʻqituvchilari ham yigʻilganlarga oʻz fikrlarini bayon qilib, talabalar bilan oʻrtoqlashdilar.

  Tadbirga “Istiqlol” mahallasining ham bir guruh kitobsevar yoshlari mahalla-yoshlar yetakchisi O.Fayzullayev boshchiligida tashrif buyurdilar. Yoshlar tomonidan qiziqarli savol-javob oʻtkazildi, faol qatnashganlar esa esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

  Tadbir doirasida talabalar va mahalla oʻquvchi va kitobxonlar uchun kitob yarmarkasi oʻtkazildi.

  Tadbirda soʻngida barcha ishtirokchilar esdalik uchun birgalikda rasmga tushdilar.




SamDTU matbuot xizmati