Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Italiya delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot institutida

  Italiyaning Milan universiteti professori Diego Lops, “Osteocom” firmasi vakili Manuel Elia boshchiligidagi Italiya delegatsiya Samarqand Davlat Tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Italiyadan kelgan delegatsiya aʼzolari SamDTI rektori J.A.Rizayev bilan uchrashdi. Oʻzaro muzokarada SamDTI va Milan Universiteti oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha maqsadli ishlar kelishib olindi.

  SamDTI ga tashrifi davomida institutda yaratilgan sharoitlar, oʻquv xonalari, zamonaviy laboratoriyalar hamda taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi hamda oʻzlarining yorqin taassurotlarini iliq fikrlarida bayon qilishdi.

  Tashrifning keyingi bosqichida Milan universiteti professori Diego Lops “Innovatsion Magnito dinamik texnologiyalarni stomatologiya sohasidagi tutgan oʻrni “ mavzusida SamDTI professor-oʻqituvchilari, klinik ordinator, magistr ordinatura (rezidentlar) va stomatologiya fakulteti talabalariga maʼruza qildi. Diego Lops oʻz maʼruzasida ushbu mavzuda olib borgan ilmiy izlanishlari, sohadagi yutuq va kamchiliklar, tish va milk muolajasi hamda tish implantatsiyasidan keyingi bosqichlar haqida gapirib oʻtdi. Shuningdek, ushbu sohadagi jahon va Italiyada qoʻllaniladigan ilgʻor tajribalarini yigʻilganlar bilan boʻlishdi.


SamDTI Matbuot xizmati