Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot institutida endilikda jigar transplantatsiyasi operatsiyalari amalga oshiriladi

  Samarqand davlat tibbiyot institutini oʻquv ishlari boʻyicha prorektori N.A.Yarmuxamedova va davolash ishlari boʻyicha prorektori, 1-sonli klinika bosh vrachi N.N.Abdullayevadan iborat delegatsiyasi akademik mobillik doirasida 15-18 yanvar kunlari Turkiyaga tashrif buyurdi.

  Delegatsiya aʼzolari Turkiyaning “MLP CARE” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Turkiya kompaniyasining Xalqaro marketing va biznesni rivojlantirish guruhi bosh direktori Melis Indirkash Samarqand davlat tibbiyot institutining yuqori ilmiy salohiyati, institut klinikasi va Samarqand viloyatidagi boshqa tibbiyot muassasalarining texnik jihozlanishini taʼkidladi. Tomonlar viloyat tibbiyot muassasalarida, jumladan, institut klinikalarida davolashning yuqori texnologiyali usullarini joriy etish boʻyicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

  Olib borilgan muzokaralar davomida SamDTI 1-son klinikasi bilan “MLP CARE” kompaniyasini “MEDICAL PARK” shifoxonasi oʻrtasida jigar transplantatsiyasi operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shuningdek, mazkur kelishuv doirasida turkiyalik mutaxassislar institut klinikalari xodimlari uchun jigar transplantatsiyasi boʻyicha mahorat darslari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish koʻzda tutilgan.

  Hamkorlik shartnomasining imzolanishi institut klinikalarida davolashning yuqori texnologiyalari va usullarini joriy etish hamda mintaqa sogʻliqni saqlash tizimi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

SamDTI Matbuot xizmati