Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut vakillari sobiq harbiylar xonadonlarida boʻldilar

  “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti xodimlari bir qator urush va mehnat faxriylari xonadonlaridan xabar oldilar.

  Institut maʼnaviyat ishlari va yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Eldor Tangirov boshchiligida bir guruh xodimlar Vatan oldida zobitlik burchini ado etish vaqtida qurbon boʻlgan sobiq harbiy, 1997-2020 yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida turli ofitserlik lavozimlarida xizmat qilgan Oʻtkir Oʻsarov xonadoniga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida institut vakillari Oʻ.Oʻsarov oilasini bayram bilan tabrikladilar va Vatanimiz musaffo osmoni yoʻlida hayotini qurbon qilganlarni yodga oldilar.

  Bayram kuni munosabati bilan SamDTI akademik litseyida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan YoChT rahbari, Samarqand shaharda yashovchi mehnat faxriysi, kapitan Aminjon Ali-Axunovning xonadoniga litsey professor-oʻqituvchilari tashrif buyurib holidan xabar oldilar va bayram bilan tabriklashdi. A.Ali-Axunov tashrif uchun minnatdorchiliklar izhor edi va respublikamiz tinchligi yoʻlida xizmat qilayotgan Vatan posbonlari, yoshlar tarbiyasi uchun masʼul boʻlgan oʻqituvchi va murabbiylarning kelgusi ishlariga omadlar tiladi.




  SamDTI matbuot xizmati