Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq!” davra suhbati oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” boʻlimi xodimlari tomonidan patologik anatomiya kafedrasida talaba-yoshlar bilan “Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Suhbat davomida korrupsiya davlat va jamiyat farovonligi uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani qayd etilib, ushbu ijtimoiy illat keltirib chiqaradigan oqibatlar aniq misollar orqali koʻrsatildi.

  Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishning ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish maqsadida milliy qonunchilik hujjatlari tobora takomillashtirilib bormoqda va bu korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga xizmat qilmoqda. Talabalarga bukletlar tarqatilib institutimizda korrupsiya holati va omillari toʻgʻrisida soʻrovnoma oʻtkazildi .

  Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javoblar olishdi.



SamDTI matbuot xizmati