Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

Institut KOFIH kompaniyasi (Koreya) bilan hamkorlik qiladi

  Samarqand davlat tibbiyot institutiga KOFIH (Korea Foundation for International Healthcare) kompaniyasini bir guruh vakillarini ishchi tashrifi amalga oshirildi. Delegatsiya rahbari — Dr. Sebastian Yoo — KOFIH (Korea Foundation for International Healthcare) Korea sogʻliqni saqlash fondining Oʻzbekistondagi vakili.

  KOFIH (Korea Foundation for International Healthcare) Oʻzbekistonda bir qancha xayriya proyektlarini amalga oshirishga yoʻllangan jamgʻarma. EMS (Emergency Medical Service) — tez tibbiy yordam shifokorlari va feldsherlarini shoshilinch tez tibbiy yordam jarayonidagi tajribasini oshirish maqsadida Koreya zamonaviy tibbiy tajribasi asosida oʻquv nazariy va amaliy simyulyatsion mashgʻulotlar oʻtkazishadi.

  Koreyadan kelgan delegatsiyani SamDTI rektori Jasur Rizayev kutib oldi. Uchrashuvdan soʻng SamDTIning Koreya oʻqitish tizimi asosida ochilgan oʻquv kursni tugatganlarga mos sertifikat berilishi maʼlum qilindi. Sertifikat ikki tomondan tasdiqlagan boʻlib, xalqaro daraja nufuzini egallash dalili sifatida qabul qilinadi. Sertifikat olgan fuqarolar shifokorlarning bilim darajasini oshirish jarayonida ishtirok etadilar va yordam berish huquqiga ega boʻladilar. Hozirda Toshkentda oʻxshash simyulyatsion markaz 1 yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda. Bunday simulyatson markaz endilikda SamDTIda ham ishga tushadi.






SamDTI Matbuot xizmati