Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

GC bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

  13-dekabr Samarqand davlat tibbiyot institutiga taniqli xalqaro “CG” kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

  CG dunyodagi yetakchi stomatologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Oʻnlab yillar davomida GC korporatsiyasi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaradi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi va jahon darajasidagi ishlanmalarni amalga oshiradi. Kompaniya stomatologlar bilan hamkorlikni mustahkamladi va ogʻiz boʻshligʻi salomatligini mustahkamlashdagi ishtirokini tasdiqladi.

  Institut rektori Jasur Rizayev va kompaniya vakili Vladimir Berezin (GCEEO Nort CCA mamlakat boʻyicha menejeri) bilan muzokaralar chogʻida tomonlar stomatologiya boʻlimining davolash inshootlarini tibbiy uskunalar,  eng yangi texnologiyalar va dorilar bilan jihozlashda oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish zarurligi toʻgʻrisida toʻliq kelishuvga erishdildi.

  Uchrashuvdan soʻng bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.




SamDTI matbuot xizmati