Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Juma – yoʻl harakati targʻiboti kuni”ga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi

  26 - noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Juma – yoʻl harakati targʻiboti kuni” doirasida Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan yoʻl harakati qoidalari boʻyicha amaliy uchrashuv oʻtkazildi.

  Uchrashuvda Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari ishtirok etayotgan professor-oʻqituvchilar va talabalarga yoʻl harakati qoidalari, yoʻllarda roʻy berayotgan noxush holatlar, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishlari, qoidalarni toʻgʻri va toʻliq oʻrganib olish kerakligi batafsil tushuntirildi. Tadbir ishtirokchilariga harakat xavfsizligiga rioya etish va qoidalarni buzmaslik toʻgʻrisidagi bukletlar tarqatildi. Shuningdek, hushyorlikka chorlovchi va ayanchli yoʻl transport hodisalari va ularni oldinini olish toʻgʻrisidagi videorolik havola etildi.

  Uchrashuv ishtirokchilari barcha berilgan savollariga batafsil javoblarni oldilar.



SamDTI matbuot xizmati