Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SamDTI talabalari 2021-2022-oʻquv yilini zamonaviy yangi o'quv binoda boshladi

 Joriy yilda oliygohning birinchi bosqichiga 1846 nafar talaba, ulardan 875 - bakalavriat, 202 - magistratura, 482 - klinik ordinaturaga qabul qilingan boʻlsa, xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 225 nafar bakalavriat, 10 - magistratura, 52 - klinik ordinatura yoʻnalishida oʻqishni boshladi.

  Talabalar karantin talablariga rioya etgan holda, xususan, kirish qismida tana harorati oʻlchanib, qoʻllari antiseptik vositalari bilan dezinfeksiya qilingan holda oliygoh hududiga kiritildi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Alimdjanovich Rizayev birinchi kursga qabul qilingan talabalar, ularning ota-onalari hamda yaqinlarini tabriklab, soʻnggi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qabul kvotalari oshirilib, alohida imtiyozlar joriy etilgani, institutda yangidan-yangi yoʻnalishlar ochilishi oʻlaroq taʼlim sifatining ijobiy tomonga oʻzgarayotganini taʼkidladi.

  Eslatib o'tamiz 1-kurs talabalariga bir hafta davomida tanishtiruv hamda Mustaqillik darslari oʻtilgan edi. Qolgan barcha kurs talabalariga esa darslar oʻquv reja asosida olib borildi.


SamDTI Matbuot xizmati