×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning xodimlari ilmiy-tadqiqot zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy yangiliklar yaratish, yangicha davolash turlarini yaratish, talabalarni yangicha o‘qistish tizimida tashkil qilish ustida ishlamoqdalar.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.

  Kafedramizda 1 nafar fan doktori quyidagi mavzularda fan doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar:

  1. Xazratov Alisher Isamiddinovich- himoya qilgan mavzulari: Og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan kasallangan bemorlarning epidemiologiyasi, profilaktikasi va ularga ko‘rsatiladigan tibbiy stomatologik yordamni takomillashtirish.
  2. Kafedramizda 6 nafar fan nomzodi quyidagi mavzularda fan nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar:
  3. Xazratov Alisher Isamiddinovich- himoya qilgan mavzulari: “Yo‘g‘on ichak raki bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining morfofunksional holati (klinik-eksperimental tadqiqot)”.
  4. Ismatov Farrux Asliddinovich- himoya qilgan mavzulari: “Oliy o'quv yurtlari talabalarining stomatologik kasalligi va uning oldini olish yo'llari”.
  5. Buzrukzoda J.D. – “Jag‘lar suyak to‘qimasining atrofiyasi sharoitida suyakning yo‘naltirilgan regeneratsiyasini optimallashtirish”.
  6. Bekmuratov L.R.- “Turli xil jarrohlik davolash usullaridan foydalangan holda bir vaqtning o'zida tish implantatsiyasini qiyosiy baholash”.
  7. Isxakova Z.Sh.- “Zamonaviy bog'lov materiallaridan foydalangan holda yuz-jag' sohasining yiringli-yallig'lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish”.
  8. Narziyeva D.B.- “Fitoterapiya bilan birgalikda antibakterial preparatni limfotrop yo'l bilan kiritish bilan yuz-jag' sohasidagi furunkullar va karbunkulalarni kompleks davolashni takomillashtirish”.

  Hozirgi kunda kafedramizning 1 nafar mustaqil izlanuvchi (Furkatov Sh.F.) va 3 nafar doktorant (Abdullaev T.Z., Ravshanova N.A., Mamatkulov F.X.) xodimlari ish faoliyatini faol tarzda olib bormoqdalar. Xodimlarimiz quyidagi ilmiy mavzularda ilmiy ish olib bormoqdalar:

  1. Abdullayev T.Z. - Совершенствование медико-стоматологической помощи больным с туберкулёзом костей
  2. Ravshanova N. A. – Совершенствование ортопедического лечения больных с полным и частичным отсутствием зубов с экстраоральной патологией на фоне лучевой терапии
  3. Mamatkulov F.X.- Оптимизация остеоинтеграции при дентальной имплантации у пациентов с остеопорозом
  4. Furkatov Sh.F. - Клиническая эффективность и оптимизация методов лечения дисколоритных зубов

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2020 y. PF-6097-son "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoniga binoan kafedramizda olib borilayotgan ilmiy ishlar salohiyati hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo’lgan xodimlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda. So‘nggi bir yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 9 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya, 15 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 71 dan ortiq maqolalar.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar:

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

Xazratov A.I.

Abduvakilov J.U.

Dental implantologiya asoslari.

2

Xazratov A.I.

Rizayev J.A.

Amxadova M.A.

Stomatolog qabulida shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko‘rstaish.

3

Xazratov A.I.

Rizayev J.A.

KubayevA.S.

Iordonoshvili A.K

Chakka pastki jag‘ bo`g`imi artrologiyasi.

4

Xazratov A.I.

Rizayev J.A.

Norbutaev A.B.

Temir tanqisligi holati bilan kechadigan kamqonlikda surunkali parodontitni tashxislash va davolash.

5

Xazratov A.I.

Rizayev J.A.

Norbutaev A.B.

Stomatolog qabulida shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko`rstaish.

6

Rizayev J.A.

KubayevA.S.

Ganiyev A.A.

Xazratov A.I.

Buzrukzoda J.D.

Yuz-jag’ jarrohligida chok turlari.

7

Rizayev J.A.

Xazratov A.I.

Ismatov F.A.

Xasanov I.I.

Rustamova D.A.

Inog’omov Sh.M.

Jarrohlik paradontologiyasi.

8

Rizayev J.A.

Xazratov A.I.

Ismatov F.A.

Xasanov I.I.

Parodontologiya va implantologiyada yumshoq to’qimalar plastikasi.

9

Xazratov A.I.

Narziyeva D.B.

Isxakova Z.Sh.

Dental implantologiya.

  Kafedra xodimlarining faolligini quyidagi chet el va Respublikamizda amalga oshirilgan akademik mobillik hamda ilmiy-amaliy konferensiyalardagi ishtirokida ko’rish mumkin:

  1. Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat Tibbiyot Universiteti.
  2. Privolsk tadqiqot tibbiyot universiteti, 19.05.2022 №278-А90.
  3. Samara davlat tibbiyot universiteti, 19.05.2022 №278-А90.
  4. S. D. Asfendiyarova nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitet. 18.11.2022.
  5. N. N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti "Jarrohlik stomatologiyasining dolzarb masalalari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2022 yil 23 dekabr.
  6. “Tibet axborotnomasi klinikasi va poydevori” nomli xalqaro ishtirokida II ilmiy-amaliy konferensiya (Buxoro, 2022-yil 6 -7-dekabr)
  7. MARA texnologiya universiteti, 2023-yil 12–19-oktabr, №388-A90