Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada pediatriya fakultetining 5-bosqich talabalari uchun «Pediatriya» fani, pediatriya, davolash va tibbiy biologiya fakultetlarining 3-bosqich talabalari uchun «Diyetologiya va nutritsiologiya» fani, stomatologiya, tibbiy profilaktika va oliy hamshiralik ishi fakultetlarining 2-bosqich talabalari uchun «Diyetologiya va nutritsiologiya» fani, tibbiy profilaktika, xalq tabobati va tibbiy biologiya fakultetlarining 2-bosqich talabalari uchun «Pediatriya» fani, shuningdek, oliy hamshiralik ishi fakultetining 2-bosqich talabalari uchun «Pediatriyada hamshiralik ishi» fani bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash amalga oshiriladi.

  Ta’lim jarayoni har bir kurs va fakultet bo‘yicha tasdiqlangan quyidagi me’yoriy-uslubiy hujjatlar asosida tashkil etiladi:

malaka tavsiflari;

  • Davlat ta’lim standarti;
  • o‘quv rejasi;
  • ta’lim dasturi va ishchi o‘quv dasturi;
  • ta’lim texnologiyalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 80-son buyrug‘i asosida kiritilgan o‘zgartirishlar;
  • tasdiqlangan diagnostika standartlari;
  • xalqaro tavsiyalar;
  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys-texnologiya va loyihalar metodi).

  Ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi.

  Kafedraning texnik ta’minoti mavzuga oid videofilmlar va taqdimotlarni namoyish etish, ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida olib borish imkonini beradi.

  O‘quv dasturining barcha bo‘limlariga mos keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona elektron bazasi yaratilgan bo‘lib, u o‘quv rejasi asosida tizimlashtirilgan.

  Kafedra kutubxonasi:
  • Kutubxonada o‘zbek, rus va ingliz tillarida 50 dan ortiq darsliklar mavjud.
  • Onlayn kutubxonada atlaslar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa materiallar mavjud.

  Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni UTT diagnostikasi, Exo-KG, EKG va rentgenodiagnostika xonalarida ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etiladi.