Joriy yilning 12-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchi talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida Nurobod va Bulung‘ur tumanlari sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tumanlarda mavjud ish o‘rinlari, tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritish imkoniyatlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kelgusidagi ish faoliyati, mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashish hamda hududlarda ishlash imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning kelgusida hududlarda tibbiyot xizmatini rivojlantirishga hissa qo‘shishlari hamda ularning bandligini ta’minlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.







SamDTU Matbuot xizmati