×
Menu
Close Menu

​“Markaziy asab tizimini demiyelinizatsiyalovchi kasalliklar: differensial diagnostika va davolashning zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

  Joriy yilning 13-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Markaziy asab tizimini demiyelinizatsiyalovchi kasalliklar: differensial diagnostika va davolashning zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

  Seminarda bir qator soha mutaxassislari, talabalar hamda amaliyotchi shifokorlar ishtirok etdi.

  Seminar avalida Samarqand davlat tibbiyot universiteti nevrologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Aziza Jo‘rabekova so‘zga chiqib, tashkil etilgan seminarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

  Seminarda tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Yaroslavl davlat tibbiyot universitetining asab kasalliklari, tibbiy genetika va neyroxirurgiya kafedrasi professori Kasatkin Dmitriy Sergeyevich tomonidan “Markaziy asab tizimini demiyelinizatsiyalovchi kasalliklarning differensial diagnostikasi: zamonaviy algoritmlar va klinik qarorlar” mavzusida ma’ruza qilindi.

  Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

  Shuningdek, professor Kasatkin Dmitriy Sergeyevich universitet va unda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Universitet tarixiy muzeyi va axborot resurs markazi bilan yaqindan tanishdi.



SamDTU Matbuot xizmati