Joriy yilning 10-mart kuni "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda universitet talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida universitet rektori Jasur Rizayev tomonidan "Muvaffaqiyatning 5 kaliti" mavzusida mualliflik maʼruzasi oʻqilib, talabalarning ilmiy va kasbiy faoliyatlarini muvaffaqiyatli tashkil etishlariga doir tavsiyalar berildi.
"Aniq maqsad, intizom va xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarish - muvaffaqiyatning poydevorlaridan biri" - deydi professor Jasur Rizayev oʻz soʻzida.
Shuningdek maʼruza davomida tibbiy taʼlimning bugungi kundagi ahamiyati hamda talaba- yoshlarning yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda oʻz bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari zarurligi alohida taʼkidlandi.
Maʼruzaning keyingi qismi talabalar bilan bevosita ochiq muloqot tarzida davom ettirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga universitet rektoridan javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.









SamDTU Matbuot xizmati