Joriy yilning 3-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yoshlar kuni” doirasida rahbar va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, "O‘zmilliybank" AJ Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Bahodir Jalilov hamda Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarma boshlig‘i Dilfuza Azizovalar ishtirok etdi.
Uchrashuv onlayn va oflayn shaklda tashkil etilib, unda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talaba-yoshlar uchun taqdim etiladigan imtiyozli kredit mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida yoshlarimizning tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilayotgan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish ochiq muloqot tarzida davom ettirilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.










SamDTU Matbuot xizmati