Samarqand davlat tibbiyot universitetida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Inkubatsion va Akseleratsion markazda “TechGirls– 2026” nomli innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur tadbir talaba qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ilmiy va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan iqtidorli talaba qizlar o‘zlarining istiqbolli startap loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida qator dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar taqdim etildi.
Taqdim etilgan loyihalar mutaxassislar tomonidan baholanib, eng yaxshi startap g‘oyalari mualliflari maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida talaba qizlarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda startap tashabbuslarini kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.






SamDTU Matbuot xizmati