Kafedrada Farmatsevtik kimyo 3-kurs farmatsiya fakulteti, Toksikologik kimyo 4-kurs farmatsiya fakulteti, Organik sintez 4-kurs farmatsiya fakulteti, Farmatsevtik tahlil fanlaridan 4 va 5-kurs farmatsiya fakulteti talabariga darslar o’tiladi.
Kafedrada magistratura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
O’qitish har bir kurs uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
- Kvalifikatsion xarakteristika;
- Davlat standarti;
- O’quv dasturi;
- O’quv ishchi dastur;
Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
- O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
- tasdiqlangan tashxis standartlari;
- xalqaro tavsiyalar;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan multimediya yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Ulashish