Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    DKTF Oftalmologiya kursi

    Saidov Temur Tolibovich

    DKTF Oftalmologiya kursining v/b kurs mudiri

    Qabul vaqti:

    Dushanba-shanba: 08:00-15:00

    Tel:

    +998979232647

    E-mail:

    temur.saidov.90@mail.ru

    Manzil:

    Samarkand shahar, Ato-Safoeva 78


    KAFEDRA A'ZOLARI


    Xamidullayev Firdavs Faridovich

    Dars o’tadigan fani:

    Travmatologiya va ortopediya.


    Tel:

    +998 (91) 543 33 35


    Dars o’tadigan kurslari:




    KAFEDRA TARIXI


      1891 yil 15 bemor o‘rinli Ko‘z kasalliklar shifoxonasi ochilgan.

      O‘sha davrda 2 ta shifokor va 2 ta felьdsher faoliyat yuritishgan. Muassasa shu zaylda 1891yildan 1910yilgacha ish yuritilgan. 1917yilda Vishnyakov tashabbusi bilan qayta ochilib faoliyatni boshlagan. O‘sha davrda aholi talablari bilan moddiy texnik bazasi ancha yangilanib, kerakli uskunalar olib kelingan. 1928yilda traxoma bilan aziyat chekayotlar uchun 40 koykali izolyator ochilgan. 1935 yilga kelib koykalar soni 35 taga kamaydi. SHu yilni o‘zida ko‘z kasalliklar kafedrasi tashkil qilingan. 1937 yil Samarqandning eski shahar qismi, CHokardiza mahallasi (SHarq mahallasi) da 100 koykali traxomatozga chalingan bolalar uyi tashkil qilingan. 1950yildan ushbu muassasa traxomotozga kurashish dispanseriga aylantirildi. 75 bemorga moslashgan dispanserni Gesha Davidovna Muxammedova boshqarib borgan. 1954 yil dispanser viloyat ahamiyatiga ega maqomga ega bo‘lgan. Bu vaqt davomida dispanser bosh vrachi T.K. Aliev bo‘lgan. 1967 yildan TMEK kommissiyasi tashkil qilinib, bu kommissiya tarkibida M.S. Soliev fidoiylik qilgan. 1970 yil traxamotoz dispanser viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasiga aylantirilgan. Bu davrda 16 vrach hamda 35 hamshiralar ishlashgan. 1977 yil 100 o‘rinli shifoxona boshqaruvini R.M.Qodirova o‘z qo‘liga olgan. Bu davrda maqsadli ravishda ko‘z kasalliklar sohasini chekka tumanlarda rivojlantirin, amaliyotni kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar qilingan. 1980 yildan tom ma’noda uyg‘onish davri bo‘lgan desak adashmaymiz. CHunki mehnatsevar, adolatparvar rahbar B.M.Saidov bosh shifokorga aylanib ish boshlagan. 1983 yildan shifoxona tarixida yangi sahifa ochiladi. Muassasa yangi joyga, yangi binoga ko‘chadi. 100 o‘rinli, zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan dargohda hozirgi kungacha aholiga xizmat qilmoqda. 1990 yil shifoxona qoshida mikroxirurgiya markazi tashkil etildi, mudir sifatda S.N.Federov nomidagi klinikada tajribasini oshirib kelgan oliy toifali shifokor N.M.Ochilov ish boshlagan. So‘ngra 1992 yil yangi poliklinika tashkil etilgan. 1999 yil B.M.Saidov “ Katarakta sabab nogiron bo‘lib qolish, nogironlarni tibbiy ijtimoiy reablitatsiya qilish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib, prof.Komilov X.M. qo‘l ostilarida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganlar. 160 ilmiy maqola va 36 ta amaliy ko‘rsatma lar Saidov, M.T. Tuxtaev, oliy toifali shifokorlar Z.X.Xalilova, A.S. Vishnyakova, S.YA. Bekturdiev, N.M. Ochilov, Z.YO YOdgorov, R.YA. Uzoqova, E.SH.Baxromova, F.F. Jalolova, Z.B. Saidova, N.A. Rasulov, F.A.Raxmatova kabi shifokorlarimiz tajribalariga suyangan holda, pastgi bo‘g‘inda faoliyat yuritadiganlar vrachlar muammoli holatlarda yuqorida sanalganlan malakali doktorlarimizga jo‘natishadi, Bosh vrach, dotsent, tibbiyot fanlari doktori S.Mirraximova 2018 yil DKTF oftalmologiya kursini tashkil qilgan


    MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARI


      Har oy ma’naviyat va ma’rifat soatlarida kursantlar e’tibori siyosiy ijtimoiy mavzularga qaratiladi. Undan tashqari yangi chiqilgan farmon va qonunlar, Prezident ma’ruzasidagi mavzular muhokama qilinadi.


    KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


      Oftalmologiya kursida DKTF fakultetida kursantlar «Ko`z mikroxirurgiyasi va Neyrooftalmologiya» fanlari dasturlari asosida taxsil olishadi.

      Oftalmologiya kursida respublikamizning boshqa tibbiyot oliygohlarini professor-o’qituvchilari bilan xamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’quv yili davomida mutaxassislikga oid ma’lumotlar o’zaro almashinishinib boriladi.

      O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
    – Kvalifikatsion xarakteristika;
    – Davlat standarti;
    – O’quv dasturi;
    – O’quv ishchi dastur;
    – Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
    – O’zR SSV №160 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
    – tasdiqlangan tashxis standartlari;
    – tasdiqlangan davolash standartlari;

    – xalqaro tavsiyalar;
    – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

      O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
      Oftalmologiya kursida o’quv jarayonini tashkil qilinishida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.



      Oftalmologiya kursi kutubxonasi:
    • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 20 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
    • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

      Oftalmologiya kursi kutubxonasini boyitilishi xar yili, muntazam ravishda yangilanib boriladi. Kurs xodimlari respublikamizni boshqa tibbiyot oliygoxlari, kollej va texnikumlari bilan xamkorlikda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar yaratib borishadi.

      Kursantlar uchun mavzuga oid bemorlarni ustida ishlash uchun barcha bemorlarda klinik tekshiruvlar yani oftalmoskopiya, biomikroskopiya, tonometriya, perimetriya va boshqa maxsus tekshiruv usullar amaliyoti tashkil etilgan.

      Курсларреспубликамизнинг 7та худудида ва вилоятимизда давлат ҳамда хусусий тиббий муассаларда фаолият олиб борувчи офтальмологлар учун мўлжалланган бўлиб, ўқув дастур Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан тасдиқланган.

    Siklning nomi

    O‘qish turi

    Kontingent

    Davomitsligi

    1.

    Neyrooftalmologiya

    OU

    Birlamchi poliklinikalarda va tuman shifoxonalarda ishlaydigan oftalmologlar

    1 oy, 144 kredit soat

    2.

    Ko‘z mikroxirurgiyasi

    OU

    Birlamchi poliklinikalarda va tuman shifoxonalarda ishlaydigan oftalmologlar

    1 oy, 144 kredit soat

    3.

    Optik neyropatiya

    TU

    Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

    50 kredit soat

    4.

    Umumiy somatik kasalliklarda ko‘ruv organida bo‘ladigan o‘zgarishlar

    TU

    Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

    50 kredit soat

    5.

    Ametropiyani tashxislash va davolashda bo‘ladigan muammolar

    TU

    Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

    50 kredit soat

    6.

    Glaukomani zamonaviy tashxislash va davolash usullari

    TU

    Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

    0.5 oy.

    72 kredit soati

    7

    Kataraktani zamonaviy tashxislash va davolash usullari

    TU

    Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

    0.5 oy.

    8.

    Refraksion anomaliyalarni zamonaviy davolash usullari

    TU

    Statsionarlarda ham xususiy klinikalarda faoliyat yurituvchi oftalmologlar

    72 kredit soati

      Kursantlar ta’lim olishlari uchun zamonaviy standartlarga javob beruvchi mavzuga oid testlar, vaziyatli masalalar va ma’ruzalar taqdim etilib boriladi. Har kuni dars mobaynida og‘zaki savol javoblar va amaliy ko‘nikmalar amalga oshirilib boriladi.


    XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI


      Vrach-oftalmologlar uchun tashkil qilingan “Diabetik retinopatiyada lazer amaliyotini o`tkazish” mavzusida akademik mobillik doirasida Hindiston

      “Aravind Eye Hospital” da Samarqand davlat tibbiyot universiteti Diplomdan keyingi ta`lim fakulteti Oftalmologiya kursi mudiri Saidov Temur Tolibovichning akdemik mobillik doirasida23.07.2022 yildan 27.08.2022 yilgacha bo`lgan muddatda amaliyot o`tadi. Unda mavzu bo`yicha nazariy darslar,zamonaviy texnologiyalar bilan yangi usuldagi operatsiyalarni o`rganish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi.

      Vrach-oftalmologlar uchun tashkil qilingan “Katarakta va glaukomani zamonaviy davolash usullari WETLAB” mavzusida akademik mobillik doirasidaRossiya Federatsiyasi Orenburg shahrida

      “МНТК Микрохирургии глаза имени Федерова Оренбургский филиал” da Samarqand davlat tibbiyot universiteti Diplomdan keyingi ta`lim fakulteti Oftalmologiya kursi assistenr-stajyori Xamidullayev Firdavs Faridovichning akdemik mobillik doirasida14.02.2022 yildan 04.03.2022 yilgacha bo`lgan muddatda amaliyot o`tadi. Unda mavzu bo`yicha nazariy darslar,zamonaviy texnologiyalar bilan yangi usuldagi operatsiyalarni o`rganish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi