Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Yaponiyaning GIFU universiteti bilan hamkorlikdagi yangi loyiha muhokama qilndi

  Joriy yilning 14-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiyaning GIFUuniversiteti professorlari Yoshimasa YAMAMOTO, Mayumi YAMAMOTO va Nobuhisa MATSUHASHIlardan iborat mehmonlar tashrif buyurdi.

  Mehmonlarni universitet rektori Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Jumladan, SamDTU va GIFU universitetlari o‘rtasida yangi SATREPS loyihasini boshlash bo‘yicha suhbat qilindi. Ushbu loyiha Yaponiyaning JICA tashkiloti va bir nechta hamkor universitetlar bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

SamDTU Matbuot xizmati