Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Biz - O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida Start-UP g‘oyalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

  Joriy yilning 31-mart kuni “Biz - O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Samarqand davlat tibbiyot universitetining Start-UP g‘oyalarga ega yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z g‘oyalarini rivojlantirib, amaliyotga tatbiq etishlari uchun nazariy va amaliy ko‘mak berish maqsadida bir qator soha vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

  Seminarda innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda ularni bosqichmabosqich rivojlantirish borasida kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, Start-UP g‘oyalarga ega yoshlar uchun bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar, beriladigan imtiyozlar haqida ham batafsil ma’lumot berilib, yuzaga kelgan savollarga atroflich javoblar qaytarildi.


SamDTU Matbuot xizmati