×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Best Medical Startup Selection” tanlovi o‘tkazildi

  2026-yil 22-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yosh olimlari tashabbusi bilan talabalar tomonidan ilgari surilgan startap loyihalarni kompleks va xolis baholash maqsadida “Best Medical Startup Selection” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov yosh tadqiqotchilarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash tizimida dolzarb ijtimoiy muammolarga yechim bo‘la oladigan amaliy ishlanmalarni aniqlash hamda istiqbolli startap tashabbuslarni rivojlantirishga qaratildi.

  Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlarga asoslangan innovatsion startap loyihalar taqdim etildi. Taqdim etilgan ishlanmalar mutaxassislar va ekspertlar hay’ati tomonidan ilmiy asoslanganligi, yangilik darajasi, amaliy joriy etish imkoniyati hamda ijtimoiy samaradorligi mezonlari asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.

  Ekspertlar xulosalari asosida ayrim kamchilik va takomillashtirishni talab etuvchi jihatlar aniqlanib, loyihalarni yanada mukammallashtirish yuzasidan talabalarga zarur metodik tavsiyalar va amaliy ko‘nikma-maslahatlar berildi. Shuningdek, har bir istiqbolli loyiha bo‘yicha mas’ul mutaxassislar biriktirilib, ularni rivojlantirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik ko‘mak mexanizmlari belgilandi.

  Baholash yakunlariga ko‘ra, dolzarbligi, innovatsion yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori bo‘lgan eng samarali ishlanmalar saralab olinib, keyingi rivojlantirish bosqichlariga tavsiya etildi.


SamDTU Matubot xizmati