2025-yil 28-noyabr kuni universitet rektori, professor Jasur Rizayev startap loyihalari va innovatsion g‘oyalarga ega talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion ishlanmalari hamda startap tashabbuslarini taqdim etdilar. Loyihalar ekspertlar tomonidan ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va joriy etish imkoniyati mezonlari asosida ko‘rib chiqildi.
Yakuniy xulosalarga ko‘ra, eng istiqbolli ishlanmalarni rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tashkiliy choralar belgilandi. Mazkur muloqot yoshlarning ilmiy-innovatsion faolligini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.






SamDTU Matbuot xizmati