×
Menu
Close Menu

​ Samarqand davlat universiteti talaba-qizlari “Samarkand–2020” xalqaro olimpiadasida munosib ishtirok etdi

  Joriy yilning 5–6-dekabr kunlari tashkil etilgan “Samarkand–2020” nomli VI Xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasi doirasida Samarqand davlat universiteti dasturchi talaba-qizlar klubi a’zolari “Startap g‘oyalar” seksiyasida faol ishtirok etdilar.

  Mazkur nufuzli xalqaro tadbir yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot sohasida zamonaviy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

  Seksiya doirasida ishtirokchilar tomonidan axborot texnologiyalari va tibbiyot integratsiyasiga asoslangan innovatsion loyihalar, raqamli yechimlar hamda amaliy ahamiyatga ega startap g‘oyalar taqdim etildi. Taqdimotlar mutaxassislar va xalqaro ekspertlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholandi:

  • ilmiy asoslanganligi;
  • innovatsion yangiligi;
  • amaliy qo‘llash imkoniyati;
  • ijtimoiy ahamiyati.

  Taqdirlash marosimi yakunida klub a’zolari munosib ishtiroki va yuqori natijalari uchun faxrli o‘rinlarni egallab, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Mazkur yutuq talabalarning ilmiy-amaliy faolligini yanada oshirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.


SamDTU Matbuot xizmati