Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Kelajakka qadam dasturi doirasida seminar tashkil etildi

  Joriy yilning 27-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchi yoshlarining bandligini ta’minlash hamda Biznes g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda SamDTU prorektori F. Daminov, rektor maslahatchisi I.Qurbonov, Kelajakka qadam markazi va Milliy bank xodimlari hamda Teach for Uzbekistan NNM mas’ullari ishtirok etdi.

  Seminar doirasida Kelajakka qadam markazi hamda Milliy bank mas’ullari tomonidan talabalarga imtiyozli kredit mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, yuzaga kelgan savollarga javoblar qaytarildi.

  Shuningdek, tadbir davomida Teach for Uzbekistan NNM faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

SamDTU Matbuot xizmati