Samarqand davlat tibbiyot universitetida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda talaba-yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida universitet miqyosida "KITOBXON TALABA YOSHLAR LIGASI" o‘tkazildi.
Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxonlik tadbirida talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Talabalar o‘z sevgan badiiy asarlari haqida so‘z yuritib, kitobxonlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdilar.
Qiziqarli bellashuv tarzida o‘tgan tadbirda faol ishtirok etganlar diplom ham,da sertifikatlar bilan taqdirlandi.
SamDTU Matbuot xizmati