Joriy yilning 11-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Dekan va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda Stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov, SamDTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xudayberdieva, universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratov, dekan oʻrinbosari va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 1-bosqich talabalari universitet rahbariyati, taʼlim tizimi va ichki tartib-intizom bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, fakulteti dekani bilan ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
SamDTU Matbuot xizmati