×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

Universitetning xorijlik bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

     Samarqand davlat tibbiyot universitetida bugungi kunda Respublikamiz bilan bir qatorda ko‘plab xorijiy mamlakatlardan ham talabalar ta’lim olib kelmoqda. Jumladan, universitetda hozirda 3000 dan ziyod Hindistonlik va Pokistonlik talabalar Xalqaro ta’lim fakultetida malakali  tahsil olib kelmoqda.

     Joriy yilning 5-iyun kuni Yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan 46 nafar bitiruvchi bosqich talabalariga diplomlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

     Tadbirni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ochib berdi hamda bitiruvchi kurs talabalariga keyingi kasbiy faoliyatlarida omadlar tilab, o‘z yurtlarida yetuk shifokor bo‘lishlariga tilakdosh ekanligini bildirdi.

     Tadbirda Xalqaro ta’lim fakulteti bitiruvchilarining oila a’zolari ham ishtirok etib, SamDTU rahbariyati va ustozlarga yaratilgan shart-sharoitlar va sifatli ta’lim uchun minnatdorlik bildirdilar.

     Ma’lumot o‘rnida, universitetning Xalqaro ta’lim fakultetida Ummon, Quvayt, Bangladesh, Filippin, Afg‘oniston, Janubiy Koreya hamda Turkiya kabi mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqda.

SamDTU Matbuot Xizmati