×
SamMU Education - YouTube
×
Menu
Close Menu

​Universitet rektori bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashdi

  Joriy yilning 30-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev universitetning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari hamda 2025-yilgi bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda rektor bitiruvchilarni tabriklab, ularga samimiy tilaklar bildirdi. U o‘z nutqida bitiruvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar, ilmiy va ijodiy loyihalar, respublika va xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatlar haqida to‘xtaldi. Rektor tomonidan universitetda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xususan talabalar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va qo‘shma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berildi.

  Ochiq muloqot tarzida davom etgan uchrashuvda talabalarning murojaatlari va takliflari tinglanib, atroflicha javoblar qaytarildi.


SamDTU Matbuot xizmati