×
Menu
Close Menu

​Pekin Xitoy tibbiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugunga qadar jahonning ko‘plab tibbiyot muassasalari hamda oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.

  Joriy yilning 16-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Pekin Xitoy tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar hamda o‘qituvchilarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikdagi ta’lim dasturlarini ishga tushirish kabi masalalar muhokama qilindi.

  Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikka qaratilgan memorandum imzolandi.


SamDTU Matbuot xizmati