Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasining ikkinchi bosqich imtihonlari OSKE shaklda o‘tkazildi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi bosh raisi, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-buyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari tibbiyot fanlari doktori, professor Ulug‘bek Voxidov hamda fakultet dekani Sobirjon Mamaradjabovlarning bevosita ishtirokida tashkil etilgan sinovlarda talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini nazariy va amaliy tarzda namoyish etdilar.
SamDTU Matbuot xizmati