×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti va “MD House” kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilgan sport musobaqalarining yopilish marosimi o‘tkazildi

  Ushbu sport festivali davomida talabalar o‘rtasida Cricket, basketbol, voleybol, futbol, badminton, stol tennisi va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar tashkil etildi. Musobaqalar nafaqat talabalarning jismoniy faolligini oshirish, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash va jamoaviylik ruhini shakllantirishga xizmat qildi.

  Yopilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Zafar Aminov, Xalqaro ta’lim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabov, fakultet dekani o‘rinbosari tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

  Tadbir davomida sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa va ishtirokchilar tantanali ravishda  taqdirlandi.

  Mazkur sport tadbiri talabalarning ijtimoiy faolligi va sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirdi.


SamDTU Matbuot xizmati