Joriy yilninmg 25-28-aprel kunlari AQSHning Massachusets shtati Boston shahrida Amerika Neyroxirurglari Assotsiatsiyasining navbatdagi kongressi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli kongressda SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi (M.A. Aliyev, S.S. Saidov, Q.A. A’zamov) ham ishtirok etishdi. Mutaxassislarimiz kongress doirasida Garvard tibbiyot maktabi Klinikasi Neyroxirurgiya departamentida o‘tkazilgan Mikroneyroxirurgiya va Spinal neyroxirurgiya konferensiyalari va malaka oshirish kurslarida qatnashib, sohaga tegishli zamonaviy yangiliklar bilan tanishdilar.
Kongressning asosiy dasturi bo‘yicha sessiyalar Boston shahridagi Kongresslar markazida tashkil qilindi va ushbu anjumanda jahonning turli davlatlaridan kelgan 5000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar, eng yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori innovatsion, zamonaviy va kam invaziv bo‘lgan neyroxirurgik diagnostika va davolash usullari natijalari muhokama qilindi.
SamDTU Matbuot xizmati