Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Och qora
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Qo‘shimcha

O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan vebinar tashkil etildi

  Joriy yilning 22-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari, shuningdek, professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari uchun “AQSHning Syracuse universitetida ta’lim olish imkoniyatlari” mavzusida zoom platformasi orqali onlayn vebinar tashkil etildi.

  Vebinarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi va uning faoliyati, shuningdek, AQSHning Syracuse universitetida ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Vebinarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati