×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Rossiyaning Tambov universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘zaro akademik almashinuvlar amalga oshirilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 5-sentyabr kuni G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti vakillari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Nargiza Yarmuxamedova hamda universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Zafar Aminovlar kutib oldi. Tashkil etilgan uchrashuvda ikki oliygoh haqidagi ma’lumotlar almashinib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida so‘z yuritildi. Jumladan, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvlarini tashkil etish, ilmiy va amaliy loyihalarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida so‘z yuritildi.

  Shuningdek, tashrif doirasida G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti vakillari Samarqand davlat tibbiyot universitetida yaratilgan sharoitlar, o‘quv-laboratoriya xonalari, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Yakunda universitet tarixi muzeyiga ham tashrif amalga oshirilib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tarixi haqida ham qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati