Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirdilar

  Joriy yilning 14-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Imtihon jarayonlarida SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Kubayev, Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi A.Ganiyev  hamda professor-o‘qituvchilar bevosita ishtirok etdilar.

  Imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli tarzda o‘tkazilishi nazorat qilib borildi. Bitiruvchilar akusherlik va ginekologiya, endokrinologiya, terapiya, urologiya, bolalar xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, umumiy onkologiya, nevrologiya, bolalar nevrologiyasi, neontologiya, kardiologiya, dermatovenerologiya, yuqumli kasalliklar hamda sog‘liqni saqlashni boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarni topshirdilar.

  Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, joriy yilda SamDTU magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining soni 63 nafarni tashkil etadi.


SamDTU matbuot xizmati