×
Menu
Close Menu

SamDTU Jarrohlik kasalliklari, transplantologiya va urologiya kafedrasida TMA xodimining ochiq ma’ruzasi tashkil etildi

  30-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-sonli jarrohlik kasalliklari, transplantologiya va urologiya kafedrasida davolash fakulteti 5-kurs talabalari uchun ochiq ma’ruza tashkil etildi. “Aorta yoyi asosiy tarmoqlarining okklyuziv kasalliklari” mavzusida ochiq mashg‘ulot Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti Karimov Mahmud Rustamovich tomonidan o‘tkazildi.

  Ma’ruza davomida o‘qituvchi talabalar o‘rtasida viktorina tashkil qildi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Ma’ruza munozara tarzida o‘tkazildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-sonli fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi o‘rtasida amalga oshirilayotgan bunday hamkorlik loyihalari, shubhasiz, tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiyot mutaxassislarining ta’lim va kasbiy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, ilg‘or uslub va texnologiyalarni tibbiyot amaliyotiga joriy etishga hissasini qo‘shadi.



SamDTU matbuot xizmati