×
Menu
Close Menu

​Talabalar bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi

  Joriy yilning 16-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash ishi fakulteti talabalari bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, korrupsion va huquqbuzarlik holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirda SamDTU rektori maslahatchisi E.Aripov, universitet inspektori O.Eshmuratov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi B.Rashidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O.Muratov hamda Samarqand viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari X.Safarovlar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida talabalarning turli yot g‘oya va oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini sodir etmasliklari, jamiyatdagi yurish-turish qoidalariga amal qilishlari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

  Shuningdek, talabalar ko‘chada harakatlanish davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlari zarurligi va aks holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar va qoida buzilganlik uchun belgilangan javobgarliklar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU matbuot xizmati