×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Nazarbayev universiteti bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 2-may sanasida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Qozog‘istonning Nazarbayev universiteti Prezidenti vazifasini bajaruvchi Ilesanmi Adesida boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Zafar Aminov kutib oldi.

  Uchrashuv davomida ikki oliygoh va undagi ta’lim tizimi haqida ma’lumotlar almashinib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Qozog‘istonda joylashgan Nazarbayev universiteti birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan 2010-yilda tashkil etilgan universitet bo‘lib, bugungi kunda jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, universitetda yer fanlari, raqamli fanlar, davlat boshqaruvi, ta’lim, muhandislik, tibbiyot va boshqa sohalarda talabalarga yuqori sifatli ta’limni taqdim etib kelmoqda.

  Universitetda o‘nga yaqin ta’lim turlari qatori tibbiyotning Farmakologiya va toksikologiya, Jamoat salomatligi, Molekulyar tibbiyot, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, ta’lim olgan talabalar xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘ladilar.

  Muzokaralar davomida ikki oliygoh o'rtasida oliy tibbiy ta'limning barcha yo'nalishlarida hamkorlikniyo'lga qo'yish bo'yicha memorandum ishlab chiqishga kelishildi.


SamDTU matbuot xizmati