Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Tyutorlar uchun seminar-trening tashkil qilindi

    Joriy yilning 29-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining faollar zalida universitetning dekan o‘rinbosarlari Shomurodova Guliston Tog‘aymurodovna va Boboqulov Rustam Xuramboyevichlar tomonidan universitetda faoliyat olib borayotgan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalari talabalarni milliy qadriyatlar va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

    Seminarda ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazida egallagan malaka va tajribalarini tinglovchilar bilan bo‘lishdi.

    Talabalarning milliy ruhda ongini shakllantirishda buyuk ajdodlarimiz timsolida jasorat, vatanparvarlik, madaniy merosga bo‘lgan muhabbat, milliy qadriyatlarimizni o‘rganish, vatanimiz kelajagini himoya qilishlarida intellektual salohiyatini oshirish, oldimizda turgan oliy maqsadimiz ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

    Seminar-trening mavzusi bo‘yicha tinglovchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.


SamDTU matbuot xizmati